21 Iyun 2025 yil 2613

Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog lavozimlari uchun tanlov

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi  PQ-3413 son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.

Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlariga ega nomzodlar qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- Doimiy yashash joyi bo‘yicha Toshkent viloyatida ro‘yxatda turgan;
- Harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- Yoshi 18 yoshdan kichik va 35 yoshdan katta bo‘lmagan;
- Bo‘yi 170 (bir yuz yetmish) sm dan past bo‘lmagan;

Oliy ta’lim muassasalarini psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo’yicha tamomlagan fuqarolar;
- Sirtqi ta‘lim shaklida taxsil olayotgan o‘qishini tamomlamagan fuqarolar qabul qilinmaydi.

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni asli bilan kelishlari so‘raladi:
- Biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi va doimiy yashash manzili bilan;
Harbiy guvohnoma;
Oliy ta’lim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjatnig asli diplomi va uning ilovasi (horijiy davlat diplomlari uchun nostrifikatsiya);

 
Ichki ishlar organlariga kirish istagida bolgan fuqarolar joriy yilning 25-iyun kunidan 12-iyul kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 ga qadar Toshkent viloyati IIBB Jismoniy va Jangovar tayyorgarlik bolimiga murojaat etishlari soraladi (joylashuvi).

Eslatma: belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Qumariq MFY, Sada ko‘chasi.

Mo’ljal: Toshkent viloyati IIBB Yo’l harakati xavfsizligi binosi.

Toshkent viloyati IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

 

Text to speech