Video montaj yo‘nalishida bo‘sh bo‘lgan lavozim uchun tanlov
Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati video montaj yo‘nalishida bo‘sh bo‘lgan lavozim uchun tanlov e’lon qiladi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-sonli Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 2-noyabrdagi 601-sonli buyrug‘i asosida tashkil etiladi.
Tanlovda quyidagi talablarga javob beradigan nomzodlar
ishtirok etishlari mumkin:
Umumiy talablar:
• O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
• Yoshi 18 yoshdan kichik va 35 yoshdan katta bo‘lmagan
(shu jumladan 35 yosh);
• Bo‘yi 165 sm dan kam bo‘lmagan;
• Harbiy xizmatni o‘tagan;
Kasbiy talablar:
• Video montaj yo‘nalishida kamida 3 yillik amaliy
tajriba;
• Adobe Premiere Pro va After Effects dasturlarida
professional ishlash ko‘nikmasi;
• Yaratuvchan, ijodiy fikrlashga ega bo‘lish.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlarning
asl nusxalari talab etiladi:
• Biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi
(doimiy yashash manzili bilan);
• Harbiy guvohnoma;
• Kasbiy tajribani tasdiqlovchi portfoliyo (video
ishlar namunalari);
• Agar mavjud bo‘lsa, oliy maʼlumot diplomi yoki
sertifikat(lar).
Tanlov kuni va vaqti:
Nomzodlar 2025-yil 21-iyun kuni soat 11:00 da quyidagi
manzilga yetib kelishlari so‘raldi.
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yangiobod
ko‘chasi, Toshkent viloyati IIBB ma’muriy binosi (joylashuvi).
Mo‘ljal: Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
Eslatma: Belgilangan sana va vaqtdan tashqari murojaat
qilgan nomzodlarning hujjatlari ko‘rib chiqilmaydi.
Qo‘shimcha
maʼlumot uchun:
https://t.me/PRESS_GUVD (Telegram)