Toshkent viloyatida energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda
Viloyat IIBB va hamkorlikdagi tashkilotlar bilan o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbirida umumiy ovqatlanish shoxobchasini noqonuniy ravishda tabiiy gazga ulagan jamiyat rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent viloyati IIBB TQX va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda Zangiota tumanida o‘tkazilgan nazorat reyd tadbirida, 1965 y.t. “X.G.P” MCHJ rahbari o‘ziga tegishli bo‘lgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulagan holda noqonuniy foydalanib, davlatga 1 mlrd 552 mln 150 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 4 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Eslatib o'tamiz, elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.