24 Sentyabr 2021 yil
1257
Toshkent viloyati IIBB Tibbiyot bo‘limi shifokorlarni tanlov asosida ishga qabul qiladi
Toshkent viloyati IIBB Tibbiyot bo‘limi tizimda bo‘sh bo‘lgan (erkin yollangan) shifokor – nevrolog, kardiolog hamda oliy toifali tibbiy hamshira lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida ishga qabul qiladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar, Tibbiyot bo‘limining Kadarlar bo‘linmasiga – shaxsni tasdiqlovchi hujjat, diplom va harbiy guvohnomaning asl nusxasi bilan murojaat qilishlari so‘raladi. Diqqat! Nomzodlar kamida 3 yil amaliy mehnat tajribasiga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Qo‘shimcha maʼlumot uchun: (71) 266 78 68; 264 20 57; (90) 963 87 70
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 231a uy. Mo‘ljal Toshkent viloyati ko‘z klinik-shifoxonasi.