25 Oktyabr 2021 yil 1669

Toshkent viloyati IIBB boshlig'ining soha xodimlariga bayram tabrigi

Toshkent viloyati IIBB mustaqil boshqarma, boʻlim, mintaqaviy muvofiqlashtirish markazlari, shahar-tuman IIB boshliqlari hamda ichki ishlar organlari faxriylari!

Sizlarni va sizlar orqali butun viloyat Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda “25-oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Bosh boshqarma rahbariyati va shaxsan oʻz nomimdan samimiy muborakbod etaman!

Yangi Oʻzbekistonda jamoat tartibi tinchlik-osoyishtalikni saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilib, Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish borasidagi fidokorona xizmatingizga muvaffaqiyat tilayman.

Niyatimiz - yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yoʻlida xizmat qilayotgan har bir insonni fidoyilik, yurtga boʻlgan muhabbat va kasbga sadoqat tuygʻulari hech qachon tark etmasin.

Xalq manfaatlariga xizmat qilishni bosh maqsad deb bilib, mustaqil yurt qoʻrgʻonining ishonchli posboni boʻlishdek sharafga nomga har doim munosib boʻlishingizga tilakdoshman.

Ushbu qutlugʻ kunlarda barchangizga sihat-salomatlik, dasturxoningizga fayzu baraka, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilayman.

Tohir Aripov,
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi, polkovnik

Text to speech