25 Dekabr 2021 yil 1478

Toshkent tumanida ‘ko‘cha soliqchilari‘ bormi? xabari yuzasidan munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent tumanida ‘ko‘cha soliqchilari‘ Chimkent yo‘lini to‘sib, janjal qilishmoqda” izohi bilan video xabar tarqatildi. Mazkur holat Toshkent tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan o‘rganilib, ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar ushlandi.

Maʼlum bo‘lishicha, kecha 24 dekabr kuni 20-33 yosh orasidagi uch nafar shaxs (soat taxminan 01:30) Toshkent tumani “Chimkent yo‘li” ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘koniga xarid uchun kirishadi.

Ular do‘konga kirganda tuman “Sirg‘ali” mahallasida yashovchi 25-31 yosh orasidagi uch nafar yoshlar bilan o‘zaro navbat talashib, janjallashib qoladi. Do‘kondan chiqqach aholi tinchligini buzib, yo‘lning qatnov qismida bir-birlarini avtotransport vositalarini siqib to‘xtatib, janjalni davom ettirishadi.

Mazkur holatda yuzasidan Toshkent tuman IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, janjalda ishtirok etgan olti nafar shaxs JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.

Janjal vaqtida ikki haydovchidan boshqa shaxslar mastlik holatida bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv ishlar olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech