Soʻnggi bir necha yilda jamiyatning barcha sohalari qatori ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda .
Tizimda amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasi xalq manfaatlariga xizmat qiladigan , ularning haq-huquqlari yoʻlida dasturulamal boʻla oladigan tuzilmaga aylanmoqda , desak mubolagʻa boʻlmaydi . Albatta bu yoʻnalishda Ichki ishlar organlari xodimlarining oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi .
Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasida viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi , Ekspert-kriminalistika markazi , Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va ularning quyi tizimdagi xodimlari oʻrtasida «Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi va salbiy holatlar » shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazilib , kelgusida qonuniylikni taʼminlash , ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishga bagʻishlangan tanqidiy yigʻilish boʻlib oʻtdi .
Yigʻilishda , Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti masʼul xodimi podpolkovnik Gʻolibjon Nabiyev , viloyat IIBB boshligʻi oʻrinbosari polkovnik Ahmadjon Pulatov , IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib , yigʻilish qatnashchilariga mavzu doirasida atroflicha maʼlumotlar berib oʻtildi .
Shuningdek , Oʻzbekiston respublikasi IIVning 2024-yil 26-fevraldagi «Ayrim protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlarni ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolarida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida »gi 101-sonli buyrugʻida belgilangan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriq hamda koʻrsatmalar berildi .