Toshkent viloyati IIBB hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibi lavozimlari uchun tanlov
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413 son Qarori
hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabr kunidagi 601 sonli buyrug‘i talablari
asosida tashkil etiladi. Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va
jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga
qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlariga ega nomzodlar
qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- Doimiy yashash joyi bo‘yicha Toshkent viloyatida ro‘yxatda turgan;
- Harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi
rezervida);
- Yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;
- Bo‘yi 170 (bir yuz yetmish ) santimetrdan past
bo‘lmagan;
- Oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar shuningdek IIV Akademik
litseylari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari;
- Tugallanmagan oliy malumotga ega yoki zaxiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi.
Arizalar kb.iiv.uz sayti
orqali faqat onlayn tarzda joriy yilning 5-iyun kunidan 15-iyun kuniga qadar qabul
qilinadi. Belgilangan
kunlardan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlar ro‘yxatga olinmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Toshkent viloyati
IIBBning ishga qabul qilish boʻyicha telegramdagi guruhga a’zo bo’ling https://t.me/TV_IIBB_ISHGA_QABUL