Toshkent viloyati IIBB tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibi lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413 son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlariga ega nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- Doimiy yashash joyi bo‘yicha Toshkent viloyatida ro‘yxatda turgan;
- Harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- Yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;
- Bo‘yi 170 (bir yuz yetmish ) santimetrdan past bo‘lmagan;
- Oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar shuningdek IIV Akademik litseylari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari;
- Tugallanmagan oliy malumotga ega yoki zaxiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi
Arizalar kb.iiv.uz sayti orqali faqat onlayn tarzda joriy yilning
29-aprel kunidan 2-may kuniga qadar qabul qilinadi.
Belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlar ro‘yxatga olinmaydi.
To’liq ma’lumotlar uchun Toshkent viloyati IIBBning ishga qabul qilish boʻyicha Telegramdagi rasmiy guruhga a’zo bo’ling
https://t.me/TV_IIBB_ISHGA_QABUL
Hurmatli nomzod TELEGRAM-ijtimoiy-tarmogidan ushbu havola orqali rasmiy guruhga qo’shiling, barcha kerakli ma’lumotlar guruhga joylangan yangiliklar muntazam yetkazib boriladi !!!
Telefon raqami 71-762-21-46