18 Avgust 2025 yil 50

Toshkent viloyati IIBB rahbariyatining aholi bilan shaxsiy qabul uchrashuvlari davom etmoqda

Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni oʻrganib, joyida amaliy yechim topish maqsadida Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan shaxsiy hamda sayyor qabullar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Jumladan, kecha 17 avgust kuni ham navbatdagi qabul tashkil etildi. Unda viloyat IIBB rahbariyati tomonidan fuqarolarning huquqiy, ijtimoiy va ichki ishlar organlari faoliyatiga doir turli masalalardagi murojaatlari eshitildi.

Belgilangan reja asosida, doimiy ravishda Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, polkovnik Abduvosit Abdurazakov boshchiligida, fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga oid, shuningdek boshqa ijtimoiy sohalardagi murojaatlari yuzasidan qabullar oʻtkazilib, tegishli choralar koʻrib borilmoqda.

Mazkur qabullar aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash, jamiyatda huquqiy adolatni qaror toptirish hamda muammolarni ijobiy hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Text to speech