“Tergov faoliyati” bo‘yicha harbiylashtirilgan ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha e’lon
O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha harbiylashtirilgan ta’lim yo‘nalishiga 2025/2026-o‘quv yil uchun o‘qishga hujjat topshirish istagida bo‘lgan, Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turib, yashab kelayotgan, yoshi o‘n yettidan kichik (qabul yilida o‘n yetti yoshga to‘ladiganlar) va yigirma beshdan katta bo‘lmagan umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ma’lumotga ega fuqarolar joriy yilning 1-fevral kunidan 1-mart kuniga qadar Toshkent viloyati IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga murojaat etishlari mumkin.
Bunda, erkak nomzodning bo‘yi 165 santimetrdan, ayol nomzodning bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmasligi talab etiladi.
Shuningdek, nomzodlar joriy yilning 1-fevralidan 1-martiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron platformasida harbiylashtirilgan ta’lim yo‘nalishiga (https://my.uzbmb.uz) ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Akademiyaning “tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim
shakliga o‘qishga qabul qilish, teng huquqlilik prinsiplari va qabul qilishning
yagona qoidalari asosida quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1. Dastlabki tanlov;
2. Maxsus psixologik tanlov;
3. Yozma imtihon (diktant);
4. Test sinovlari.
Akademiya “tergov faoliyati” yo‘nalishida bakalavriat dasturi
bo‘yicha ta’lim olish muddati uch yilni tashkil etib, bitiruvchilarga
belgilangan davlat namunasidagi diplom beriladi.
O‘qitish o‘zbek va rus tillarida, davlat grantlari asosida
tashkil etiladi. Davlat grantlari asosida o‘qishni tamomlagan Akademiya
bakalavriatining bitiruvchilariga vakolatli davlat organlarida kamida uch
yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.
Akademiyaga qabul qilishda abituriyentlarning muayyan toifalariga
respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qonunchilik
hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
Akademiyaning “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilari
vakolatli davlat organlariga xizmatga qabul qilinganda faqat ofitserlar
tarkibiga kiruvchi yoki darajali unvon berilishi ko‘zda tutilgan lavozimlarga
tayinlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Toshkent viloyati IIBBning o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Telegramdagi guruhga a’zo bo‘ling https://t.me/TV_HMQA_2025.
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yangi Obod MFY, Yangi Obod ko‘chasi Toshkent viloyati IIBB yangi binosi.