23 Mart 2020 yil
1837
Rasmiy xabar. Boʼstonliq tumaniga harakat vaqtincha cheklandi
Respublikamizda koronavirusga qarshi olib borilayotgan choralar doirasida Toshkent viloyatining Boʼstonliq tumanida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanganligini va dam olish maskanlarida dezinfektsiyalash ishlari boshlanganligini maʼlum qilamiz.
Toshkent viloyati IIBB barcha fuqarolardan maxsus profilaktik tadbirlar tugaguniga qadar Boʼstonliq tumaniga bormasliklarini hamda yuzaga kelgan vaziyatni toʼgʼri baholashlarini soʼrab qoladi.
Boʼstonliq tumani hududida harakatlanishga faqatgina shu joyda roʼyxatda turuvchi mahalliy aholiga ruxsat etiladi.