Quyichirchiq tumanida 2 ta" ISUZU" avtobusi o'rtasida YTH sodir bo'ldi
8 noyabr kuni soat taxminan 07.00 larda Toshkent viloyati Quyichirchiq tuman tinchlik MFY hududidan o'tuvchi To'ytepa - Yangiyo'l yo'lining 52-kilometrida, Yangiyo'l tumanida joylashgan "kamolat-trans" MCHJ ga qarashli ISUZI 10 830 JBA haydovchisi A.A. boshqaruvidagi avtobusi bilan, Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan "ASIAN BEBI TEXITEL" MCHJ ga qarashli ISUZU 10V 328 OA haydovchisi J.B. quvib o'tish qoidasini buzishi natijasida avtobuslar bir-biriga tegib, J.B. boshqaruvidagi avtobus yo'lning qatnov qismidan chiqib ketishi natijasida YTH sodir bo'lgan.
Natijada yo'lovchi 1976 yilda tug'ilgan I.B. olgan tan jarohati bilan Quyichirchiq tumani Markaziy shifoxonasining jonlantirish bo'limida vafot etgan. Shuningdek, qolgan bir nechta fuqarolar oq-qo'rg'on TMSH va Quyichirchiq TMSH da tibbiy ko'rikdan o'tkazilgan. Hozirda ularning 3 nafari davolanish uchun tibbiyot bo'limiga joylashtirilgan. Qolgan barcha fuqarolar salomatligida muammo bo'lmaganligi sababli tibbiyot muassasasida qolishmagan.
Hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati