4 Fevral 2022 yil 360

Quyi Chirchiq tumanida respublikaga namuna tarzida o‘tkazilayotgan kengaytirilgan yoshlar tadbiri birinchi kun tafsilotlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi "Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi taʼminlash hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish maqsadida, Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani “Paxtazor” MFY navbatdagi kengaytirilgan yoshlar tadbiri bo‘lib o‘tyapti.

Tadbirda, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va barcha vazirlik idoralar hamda 4 ta sektor mutasaddilari hamkorligida mahalladagi mavjud 14 ta ko‘cha kesimida sportning mini futbol, voleybol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilyapti.

Xususan, sanʼatga qiziqadigan yoshlar uchun tuman IIB boshlig‘i kubogi – “Yangi O‘zbekistonga yangi ovozlar” ko‘rik-tanlovini tashkil etilgan bo‘lsa, intellekt sohiblariga “Zakovat” aql bellashuvi, "Yosh kitobxon" musobaqasi,  maʼnaviy-maʼrifiy kechalar bo‘lib o‘tmoqda. Jarayonda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi chiqishlar va harbiy texnikalar ko‘rgazmalari namoyish qilinmoqda.

Text to speech