18 Oktyabr 2025 yil 542

PPXga ishga qabul qilish bo‘yicha e'lon

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan Patrul-post xizmati inspektori lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi. Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413 son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 02-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi. Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlariga ega nomzodlar qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- Doimiy yashash joyi bo‘yicha Toshkent viloyatida ro‘yxatda turgan;
- Harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- Yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;
- Bo‘yi 170 (bir yuz yetmish) santimetrdan past bo‘lmagan;
- Oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan oliy ma’lumotga ega bo‘lganlar shuningdek IIV Akademik litseylari va harbiy akademik litseylar bitiruvchilari;

- Tugallanmagan oliy malumotga ega yoki zaxiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi

Arizalar https://kb.iiv.uz/ sayti orqali faqat onlayn tarzda joriy yilning 20-oktyabr kunidan 9-noyabr kuniga qadar qabul qilinadi. 

Belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat qilgan nomzodlar ro‘yxatga olinmaydi. Qoshimcha ma’lumotlar uchun Toshkent viloyati IIBBning ishga qabul qilish boʻyicha Telegram ijtimoiy tarmogidagi guruhga a’zo bo‘ling https://t.me/TV_ISHGA_QABUL

Text to speech