18 Sentyabr 2025 yil 750

Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili

Toshkent viloyatida IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tomonidan joriy yilning oʻtgan 8 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar natijasida turli huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldi olinishi va fosh etilishiga erishildi.

Xususan, Patrul-post xizmati xodimlari ishtirokida jami 294 ta, shaxsan ular tomonidan 189 ta jinoyat fosh etilgan boʻlsa, 136 ta holatda turli jinoyatning oldi olingan.

Shu kabi PPX xodimlari ishtirokida 188 nafar va shaxsan ular tomonidan 115 nafar qidiruvda boʻlgan shaxs aniqlanib, ushlangan. 40 nafar bedarak yoʻqolgan shaxs topilgan. Shuningdek, 1 573 nafar ish va yashash joyi noaniq boʻlgan shaxs reabilitatsiya markazlariga joylashtirilgan.

Viloyatda oʻtkazilgan “Tigʻ” maxsus-profilaktik tadbiri davomida PPX xodimlari tomonidan 7 909 ta oʻtkir tigʻli jismlar muomaladan olingan boʻlsa, ularning 6 774 tasi pichoq, 78 tasi kastet, 33 tasi bita va 1024 tasi boshqa koʻrinishdagi xavfli boʻlgan oʻtkir tigʻli jismlarni tashkil qilgan.

Barcha aniqlangan holatlar yuzasidan qonuniy chora koʻrilgan.

Text to speech