1 Noyabr 2021 yil 404

O‘rta Chirchiqda $ 2 500 ga giyohvand modda sotayotgan shaxs ushlandi

 

2021 yil 23 oktyabr IIV va Toshkent viloyati IIBB JQB xodimlari tomonidan O‘rta Сhirchiq tumanida tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir natijasida, Bekobod shahrida yashovchi fuqaro B.F. soat 01:30 larda “Do‘stlik” mahallasida joylashgan AYOQSH oldida 2 500 AQSH dollari evaziga 489,4 gramm gashish giyohvandlik vositasini (IIBB Ekspert-kriminalistika bo‘limining xulosasi) shartli xaridorga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Text to speech