17 Sentyabr 2021 yil 820

O‘rta Chirchiq tumanida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan

Joriy yilning 12 sentyabr kuni soat 01:30 larda Oʼrta Chirchiq tumani hududidan oʼtgan 4R20 “Qorasuv –Bekobod” avtomobil yoʼlining 8-kilometrida haydovchi, 1980 yilda tugʼilgan T.M. boshqaruvida boʼlgan "Matiz" hamda haydovchi 1978 yilda tugʼilgan G.E. boshqaruvida boʼlgan "Damas" avtomobillari ishtirokida YTH sodir boʼlgan.

YTH oqibatida "Damas" haydovchisi boshqaruvni yoʼqotib yoʼlning oʼng tomonida turgan 2007 yilda tugʼilgan piyoda А.K. ni urib yuborgan.

Natijada fuqaro А.K. olgan ogʼir tan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

Olib borilgan dastlabki tergov oldi surishtiruv jarayonlarida “Matiz” avtomobili haydovchisi Nurafshon shahar tibbiyot boʼlimi shifokorining xulosasiga koʼra, mast holda ekanligi aniqlangan.

Mazkur YTH yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 266-modda 2-qismiga koʼra jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech