Oqqo‘rg‘onda yoshlar “Ichki ishlar vaziri kubogi” bahslarida kuch sinashdi
Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportga qiziqishni oshirish va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida Oqqo‘rg‘on tumanida “Ichki ishlar vaziri kubogi” uchun voleybol musobaqasi tashkil etildi.
Bellashuvlar Oqqo‘rg‘on tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalida o‘tkazilib, unda mahallalardan shakllangan yoshlar jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. O‘yinlar davomida sportchilarning irodasi, jipsligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishi tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Musobaqa yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tantanali tarzda taqdirlanib, tuman IIB boshlig‘i tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ta’kidlanganidek, bunday sport musobaqalari
yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli
o‘tkazish va jismonan chiniqqan, vatanparvar avlodni tarbiyalashda muhim
ahamiyat kasb etadi.