Nurafshonda firibgarlik yoʻli bilan oʻzganing plastik kartasidan 75 mln olgan shaxs ushlandi
Hurmatli fuqarolar, firibgarlarning yangi usullaridan ogoh boʻling. Mehnatingiz evaziga topilgan mol-mulkingizni oʻzgalar ixtiyoriga topshirib qoʻymang.
2021 yil aprel-may oyida 28 yoshli S.N. oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilish maqsadida, 57 yoshli K.G. va 53 yoshli Y.B.ning ishonchiga kirib, ularga arzon narxda maishiy texnika olib berishini vaʼda qiladi va bunga plastik kartaning oʻzi kifoya ekanligini aytib, ularning PKda mavjud boʻlgan jami 33 mln soʻm pulni oʻz ehtiyojiga ishlatib yuboradi.
Bundan tashqari, S.N. oson daromad olishdagi rejasini davom ettirib, 31 yoshli R.E.ning ishonchiga kirish orqali uning ham bank kartasida boʻlgan 42 mln 200 ming soʻmni ham naqd pulga almashtirib berishini aytib, u pulni ham oʻz ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi.
Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, S.N. ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
IIBB Axborot xizmati