19 Oktyabr 2025 yil 39

Muloqot murojaat va yechim — Toshkent viloyati IIBBda navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi

Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni oʻrganib, joyida amaliy yechim topish maqsadida Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan shaxsiy hamda sayyor qabullar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Jumladan, bugun 19 oktyabr kuni ham navbatdagi qabul tashkil etildi. Unda viloyat IIBB rahbariyati tomonidan fuqarolarning huquqiy, ijtimoiy va ichki ishlar organlari faoliyatiga doir turli masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi.

Ularning asosiy qismiga shu joyning oʻzida yechim topilgan boʻlsa, ijrosi muddat talab etadigan masalalar yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.

Belgilangan reja asosida, doimiy ravishda Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, polkovnik Abduvosit Abdurazakov boshchiligida, fuqarolarning ichki ishlar organlari faoliyatiga oid, shuningdek boshqa ijtimoiy sohalardagi murojaatlari yuzasidan qabullar oʻtkazilib, tegishli choralar koʻrib borilmoqda.

Mazkur qabullar Toshkent viloyatining 22 ta shahar-tumanlari kesimida hududiy IIB boshliqlari tomonidan ham tashkil etilib, aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash, jamiyatda huquqiy adolatni qaror toptirish hamda muammolarni ijobiy hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Text to speech