Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka
oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish
bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining “Ichki
ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son “Ichki ishlar organlari uchun
professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy
etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy
tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari
asosida o‘tkaziladi.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Yashash
manzili bo‘yicha Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turishi;
- Yoshi 18
yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan bo‘lishi;
- Muddatli yoki
safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi; (zaxiradagi
ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi);
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar
hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul
qilinadi.
Malaka oshirish
institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida tayyorlanadigan mutaxassisliklar:
- Yo‘l-patrul
faoliyati;
- Pasport tizimini
ta’minlash faoliyati;
- Jamoat tartibini
saqlash faoliyati;
- Maxsus
operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati.
Kasbiy
tayyorgarlik fakultetiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlari
bilan kelishlari so‘raladi:
- Biometrik pasport
yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;
- Harbiy
guvohnoma;
- Doimiy yashash
joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi 086 shaklidagi
sog‘lig‘ining holati haqidagi ma’lumotnoma (bo‘y parametrlari ko‘rsatilgan
holda);
-Oliy ta’lim
muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplomi va uning ilovasi
asli)
Fakultetda o‘qish
istagida bo‘lgan fuqarolar joriy yilning 16-dekabr kunidan 2025-yilning
16-yanvar kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 ga qadar murojaat etishlari
so‘raladi.
Eslatma:
belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar
ro‘yxatiga kiritilmaydi.
Qo‘shimcha
ma’lumot uchun Telegramdagi guruhga a’zo bo‘ling https://t.me/TV_KTF_2025
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yangi Obod MFY, Yangi Obod ko‘chasi Toshkent viloyati IIBB yangi binosi