26 Oktyabr 2021 yil 1463

Maktab o‘quvchisi avtomashinani tepayotgan aks etgan video yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisi yoshidagi yigitning ko‘chada turgan avtomobilni tepib zarar yetkazayotganligi aks video tarqatildi. Holat yuzasidan Toshkent tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, quyidagilar aniqlandi.

Haqiqatdan ham mazkur holatni joriy yil 21 oktyabr kuni Toshkent tumani “Ko‘k saroy” MFYda yashovchi 2009 yil tug‘ilgan tug‘ilgan, 1-umumiy o‘rta taʼlim maktabining 6 sinf o‘quvchisi O.D. maktabdan uyga qaytayotgan vaqtida sodir etgani va avtomashinaga yetkazilgan zarur shu kuning o‘zida o‘quvchining yaqinlari tomonidan qoplab berilgani aniqlandi.

Shuningdek, kelgusida bu kabi holatlarning olini olish, yosh avlodga taʼlim va tarbiya berishda har ikki tomoni masʼuliyatini oshirish maqsadida profilaktika inspektori kapitan Shuhrat Jalolov tomonidan maktab direktori, psixologi, o‘quvchining o‘zi va onasi hamda sinf rahbari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi. Bu kabi holatdir keyinchalik og‘ir oqibatlarga olib kelishi va boshqa holatlar tushuntirildi.

Suhbat davomida o‘quvchi – sinfdoshlari bilan birgalikda maktabdan uyga ketayotganida ularni kuldirish va o‘yin tariqasida maktab atrofida turgan spark avtomobilini orqa eshigi va uning oynasiga uch marotaba tepganligini va bu ishidan afsusdan ekanini bildirgan.
Yakuniy xulosaga ko‘ra voyaga yetmagan O.D.ning onasi D.Majidovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MjTKning 47-moddasiga asosan chora ko‘rilishi belgilandi.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech