17 Dekabr 2024 yil
2112
Kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari aylanmasi bilan bog‘liq holat IIB xodimlari tomonidan fosh etildi
Toshkent viloyatida o‘tkazilayotgan “Psixotrop moddalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurash oyligi” doirasida Qibray tumani IIB xodimlari tomonidan navbatdagi tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida, Toshkent shahrida yashovchi 38 yoshli shaxs (X.P.) boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Natijada mashina yukxonasida sotuvi cheklangan, turli nom va ko‘rinishdagi 336 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi saqlab kelinayotganligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olingan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.