Bugun, 18 noyabr kuni Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasida navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy soat boʻlib oʻtdi.
Tadbirda yuridik fanlari doktori, professor Mirodil Baratov “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davlat va jamiyat yangilanishida muhim omil” mavzusida maʼruza qilib, mavzuni atroflicha yoritib berdi.
Tadbirda viloyat IIBB rahbariyati boshchiligida shaxsiy tarkib ishtirok etdi. Yigʻilish yakunida har bir xodim qonunchilik va xizmat intizomiga qatʼiy amal qilgan holda xizmatni tashkil etishlari zarurligi taʼkidlandi.