“Yilning eng yaxshi tibbiy hamshirasi” tanlovi Toshkent viloyati bosqichi yakunlandi
Ichki ishlar
vazirligi tizimida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Yilning eng yaxshi
tibbiy hamshirasi” ko‘rik-tanlovi tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnatini
qadrlash, ularning ish faoliyatini yanada takomillashtirish hamda sohada
sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilib kelmoqda.
Mazkur
tanlov doirasida eng fidoiy va malakali tibbiyot xodimlarini aniqlash maqsadida
turli bosqichlarda saralash bellashuvlari o‘tkazilib, g‘oliblar munosib tarzda
rag‘batlantiriladi.
Kuni kecha
Toshkent viloyati bosqichi Mirzo Ulug‘bek tumani Madaniyat saroyida o‘tkazilib,
unda viloyat IIBB Tibbiyot bo‘limining ilg‘or tibbiy
hamshiralari o‘z kasbiy bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
1-o‘rin — Kumushoy Atabayeva,
2-o‘rin — Dilnoza Begaliyeva,
3-o‘rin — Muhabbat Minavarova egalladi.
Tadbir yakunida 1-o‘rin sohibasi tanlovning respublika
bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma bilan taqdirlandi. Shuningdek,
barcha g‘oliblarga esdalik sovg‘alar va diplomlar topshirildi.
Mazkur tadbir tizimdagi tibbiyot xodimlarining kasbiy
mahoratini yuksaltirish, ularni yanada ruhlantirish hamda sog‘lom raqobat
muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.