2 Dekabr 2021 yil 382

Yangiyoʻlda koʻp miqdorda pirotexnika vositalari toʻxtatib qolindi

Toshkent viloyatida oʻtkazilayotgan “xavfsiz hudud” va “xavfsiz tun” profilaktik tadbirlari doirasida mavsum bilan bogʻliq qator jinoyat va huquqbuzarliklar fosh etilib belgilangan tartibda taʼsir choralari koʻrilmoqda.

Jumladan, 30-noyabr kuni soat 16:40larda Yangiyoʻl tumani hududida Toshkent viloyati Bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish xodimlari va YPX inspektorlari hamkorligida navbatdagi nazorat reyd tadbiri tashkil etilgan.

Tadbir davomida haydovchi A.A. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtomobili toʻxtatilib tekshirilganda, yukxonasida 24 dona “9D” nomli, 168 dona “Volk” nomli, 8640 dona “Solevoy razboynik” nomli va 138 dona “Zolotoy pesok” nomli, jami 8 970 dona pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi A.A. va aniqlangan vositalar Bojxona boshqarmasiga topshirilgan.

IIBB Axborot xizmati

 

 

Text to speech