Inspektor-psixolog lavozimlari uchun tanlov
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi.
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413 son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 2-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlariga ega nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda
ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston
Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- Doimiy yashash
joyi bo‘yicha Toshkent viloyatida ro‘yxatda turgan;
- Harbiy
xizmatni o‘tagan;
- Yoshi 18
yoshdan kichik va 35 yoshdan katta bo‘lmagan;
- Bo‘yi 170 (bir
yuz yetmish) santimetrdan past bo‘lmagan;
- Oliy ta’lim
muassasalarini psixologiya ta’lim yo‘nalishi bo’yicha tamomlagan fuqarolar;
- Sirtqi ta‘lim
shaklida taxsil olayotgan o‘qishini tamomlamagan fuqarolar qabul qilinmaydi.
Ichki ishlar
organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni asli bilan
kelishlari so‘raladi:
- Biometrik
pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;
- Harbiy
guvohnoma;
-Oliy ta’lim
muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjatnig asli diplomi va uning
ilovasi (horijiy davlat
diplomlari uchun nostrifikatsiya);
Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar joriy yilning 12-noyabr kunidan 30-noyabr kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00ga qadar Toshkent viloyati IIBB Jismoniy va Jangovar tayyorgarlik bo’limiga murojaat etishlari so‘raladi.
Eslatma: belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.
Manzil: Toshkent
viloyati, Nurafshon shahri, Qumariq MFY, Sada ko‘chasi.
Mo’ljal:
Toshkent viloyati IIBB Yo’l harakati xavfsizligi binosi. Joylashuv
Toshkent viloyati
IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati