IIV qoshidagi Nukus Temurbeklar maktabi harbiy-akademik litseyiga o‘qishga qabul o‘tkazilmoqda
Toshkent
viloyatida yashovchi, maktabning 9-sinfini bitiruvchi yoshlar diqqatida!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi 10-sonli qarori (PQ-10) va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 23-martdagi 150-sonli buyrug‘iga asosan, Nukus "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyiga qabul tartibiga o‘zgartirish kiritilib, endilikda nomzodlarning hujjatlari ichki ishlar oraganlari tomonidan rasmiylashtirilishi belgilangan.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- doimiy yashash manzili bo‘yicha Toshkent viloyatida
ro‘yxatda turishi;
- Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik
litseyiga joriy yilda umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktab-internat
maktablarining 9-sinfini tamomlaydigan;
- sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishga yaroqli deb
topilishi;
- Litseyga haqqoniy va shaffoflik tamoyillariga asoslangan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan erkak nomzod (o‘g‘il bola)lar qabul qilinadi.
“Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda yakka tartibdagi yakuniy suhbat yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi. Litseyini tamomlagandan keyin bitiruvchilariga belgilangan namunadagi diplom va ko‘krak nishonlari beriladi. O‘qish muddati - 2 yil.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: Telegramdagi guruhga a’zo bo‘ling https://t.me/TV_Temurbeklar_2024
Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga kirish istagida bo‘lgan joriy yilning 1-aprel kunidan 30-aprel kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00ga qadar murojaat etishlari so‘raladi. Eslatma: belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi yangi binosi. Mo‘ljal: Nurafshon shahridagi Prezident maktabi.