24 Iyul 2023 yil 18708

IIV Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha e’lon

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-son “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida o‘tkaziladi.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi;
- Yashash manzili bo‘yicha Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turishi;
- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan bo’lishi;
- Muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo’lishi; (zaxiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi);
- Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari va harbiy xizmatchilari qabul qilinadi.

Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida tayyorlanadigan mutaxassisliklar:

- Yo‘l-patrul faoliyati;

- Pasport tizimini ta’minlash faoliyati;

- Jamoat tartibini saqlash faoliyati;

- Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati.

Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan kelishlari so‘raladi:

- Biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;

- Harbiy guvohnoma;

- Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi
086 shaklidagi sog‘lig‘ining holati haqidagi maʼlumotnoma (bo’y parametrlari ko’rsatilgan holda);

-Oliy ta’lim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplomi va uning ilovasi)

Fakultetda o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar joriy yilning 15-iyul kunidan 15-avgust kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 ga qadar murojaat etishlari so‘raladi.

Eslatma: belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro’yxatiga kiritilmaydi.

Manzil: Toshkent viloyati Nurafshon shahri Toshkent yo‘li ko‘chasi Sada bekati 1-uy. Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi binosi. Murojaat uchun telefon: + 99870 762 41 97

Toshkent viloyati IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech