3 Iyul 2025 yil 597

IIV Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-son “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jixatidan yangi tizimini joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 3-noyabrdagi 415-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari  asosida o’tkaziladi.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi;
- Yashash manzili bo‘yicha Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turishi;
- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan bo’lishi;
- Muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo’lishi; (zahiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi);
- Faqatgina oliy ma’lumotga ega bo‘lgan (tamomlagan) fuqarolar hamda ichki ishlar organlarining xodimlari qabul qilinadi;

Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida tayyorlanadigan mutaxassisliklar:
- Yo‘l-patrul faoliyati;
- Pasport tizimini ta’minlash faoliyati;
- Jamoat tartibini saqlash faoliyati;
- Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati.

Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o’qishga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlarining asli bilan kelishlari so‘raladi:
- Biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (doimiy yashash manzili bilan);
- Harbiy guvohnoma;
- Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi
086 shaklidagi sog‘lig‘ining holati haqidagi maʼlumotnoma (bo’y parametrlari ko’rsatilgan holda);
- Oliy ta’lim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplomi va uning ilovasi asli)

Fakultetda o‘qish istagida bo‘lgan fuqarolar Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi IIO xizmatiga nomzodlarni qabul qilish markaziga joriy yilning 7-iyul kunidan 7-avgust kuniga qadar soat 09:00 dan 18:00 ga qadar murojaat etishlari so‘raladi.

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Qumariq MFY, Sada ko‘chasi. Joylashuv

Mo’ljal: Toshkent viloyati IIBB Yo’l harakati xavfsizligi binosi.

Eslatma: belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat etgan fuqarolar nomzodlar ro’yxatiga kiritilmaydi.

To’liq ma’lumotlar uchun Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga qabul qilish boʻyicha Toshkent viloyatining telegramdagi guruhga a’zo bo’ling https://t.me/TV_KTF_2025 

Text to speech