IIV Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga 2025/2026-o‘quv yil uchun o‘qishga
hujjat topshirish istagida bo‘lgan, Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turib,
yashab kelayotgan, yoshi o‘n yettidan kichik (qabul yilida o‘n yetti yoshga
to‘ladiganlar) va yigirma beshdan katta bo‘lmagan, shu jumladan, yigirma besh
yoshdagi umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va professional ma’lumotga ega fuqarolar 2025-yilning
15-fevral kuniga qadar Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga murojaat
etishlari mumkin.
Bunda, erkak nomzodning bo‘yi 165 santimetrdan, ayol
nomzodning bo‘yi
160 santimetrdan past bo‘lmasligi talab etiladi.
Akademiyada o‘qish muddati uch yil bo‘lib, ichki
ishlar organlarining quyidagi mutaxassislarni tayyorlab beradi:
- Tezkor-qidiruv faoliyati;
- Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati;
- Ekspert-kriminalistika faoliyati;
- Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati;
- Probatsiya faoliyati;
- Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash
faoliyati;
- Tashkiliy-shtab yo‘nalishlari bo‘yicha.
O‘qishni tamomlagan kursantlarga yurist malakasi va
leytenant maxsus unvonlari beriladi.
Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tanlov, teng
huquqlilik va qabul qilishning yagona qoidalari asosida amalga oshirilib, u o‘z
ichiga dastlabki tanlov, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy
suhbatni oladi.
Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar
keyingi bosqichga qo‘yilmaydi.
Dastlabki tanlov o‘z ichiga hujjatlarni to‘plash,
o‘rganish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlarini olib, ichki ishlar
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus kasbiy tanlov o‘z ichiga hujjatlarni o‘rganish,
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, yozma ish, umumjismoniy tayyorgarlik darajasini
baholash va chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash jarayonlarini
olib, Akademiyada qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar
tomonidan amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat o‘z ichiga
Huquqshunoslik, O‘zbekiston tarixi va Tarbiya fanlaridan nomzodlarning bilimini
baholash jarayonlarini olib, akademiyada qabul komissiyasi tomonidan amalga
oshiriladi.
Eslatma: Akademiyaning kunduzgi ta’lim shakliga o‘rta
va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar umumiy kvotaning o‘n foizi
bo‘yicha qabul qilinadi!
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yangiodob ko‘chasi Toshkent viloyati IIBB ma’muriy binosi. (Mo‘ljal: Nurafshon shahridagi Prezident maktabi)