8 Dekabr 2021 yil 723

IIV 2-son Toshkent akademik litseyida Konstitutsiyasining 29 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi

Bugun bo‘lib o‘tgan tadbirda IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati masʼullari va IIO faxriylari hamda litsey tinglovchilari va xodimlari ishtirok etdi.

So‘zga chiqqanlar mustaqilligimizning ilk davrida qabul qilingan Konstitutsiyamizning mustaqil demokratik huquqiy davlatni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy omili sifatidagi ahamiyatini eʼtirof etdilar.

Yosh avlodga alohida taʼkidlanganidek, konstitutsiya milliy davlatchilikni, yangi siyosiy va ijtimoiy tizimni yaratish uchun huquqiy asos sifatida yangilanish jarayonining yorqin namunasi bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kundan o‘tgan 28 yil ichida uning norma va qoidalari izchil amalga oshirilib borib, fuqarolik va millatlararo totuvlikni taʼminlash, turmush darajasini izchil oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, fan va taʼlim sohalarida yuqori darajalarga erishishga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Tadbir davomida qatnashchilarga o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ushbu kunga bag‘ishlangan chiqishlar namoyish etildi.

Bosh qomusimizning 29 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir so‘ngida bir guruh faol o‘quvchilar rahbariyat tomonidan taqdirlandi.

IIBB Axborot xizmati

 

Text to speech