4 Fevral 2022 yil 562

IIO faxriylarining yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi

Ayni kunlarda Quyi Chirchiq tumanida o‘tkazilayotgan kengaytirilgan yoshlar tadbiri doirasida Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining maslahatchisi, general-mayor Sayfulla Asadov boshchiligidagi soha faxriylari “Paxtazor” mahallasi yoshlari va faollari bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda faxriylar so‘zga chiqib, xizmat va hayot davomida orttirgan tajribalari haqida gapirdi. Bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlardan unumli foydalangan holda o‘z kelajaklari uchun hozirdan dadil va aniq qadamlar tashlashlariga undashdi.

Text to speech