2 Iyun 2025 yil 2689

IIBBda navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2-iyun kuni Toshkent viloyati IIBBda navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” tashkil etildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi dotsenti, tarix fanlari doktori Ra’no O‘razova “Jadidlar jasorati – ibrat maktabi” mavzusida ma’ruza o‘qib, tarixiy saboqlardan namunalar keltirdi. Jadidlarning ma’rifat yo‘lidagi fidoyiligi va millat ravnaqi uchun qilgan jasorati dars ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Xodimlar o‘rtasida viktorina o‘tkazilib, kitoblar sovg‘a qilindi.

Shuningdek, Jismoniy va jangovar tayyorgarlik mas’ullari tomonidan IIVning 2025 yil 30 maydagi tegishli farmoyishi mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazildi.

Tadbir yakunida, viloyat IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik Asilbek Rahmonov tomonidan IIV tomonidan xizmat yo‘nalishiga oid berilgan topshiriqlar yetkazilib, har bir xodim xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy amal qilish bo‘yicha yana bir bor ogohlantirish berildi.

Text to speech