15 Avgust 2024 yil 2242

IIBB xodimlari tomonidan “odam savdosi” jinoyati issiq izidan fosh etildi

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi nazorat tadbirda 20 yoshli qizning "odam savdosi" qurboni boʻlishining oldi olindi.

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Angren shahrida yashovchi 2004 yilda tug'ilgan (A.R.) oson pul topish maqsadida oʻziga tanish boʻlgan 20 yoshli qiz (S.T.)ni aldab, uni moʻmay daromad topishga ishontirib Toshkent xalqaro aeroporti orqali Dubay shahriga fohishalik uchun joʻnatayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Maʼlumotga koʻra, yigit yosh qizni joʻnatayotgani uchun Dubay shahrida yashovchi ayoldan 2 000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan.

Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi (yaʼni Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech