28 Sentyabr 2022 yil 696

Ichki ishlar vaziri boshchiligida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

Ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonov boshchiligida “Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi hamda yil yakuniga qadar ushbu yo‘nalishda aniq chora-tadbirlar belgilanishi” bo‘yicha muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Vazir o‘rinbosari polkovnik B.berdialiyev, viloyat IIBB boshlig‘i general-mayor T.Aripov hamda vazirlik, Bosh boshqarma va hududiy IIB masʼul rahbarlari va xodimlari ishtirok etdi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, yo‘nalish bo‘yicha masʼullarning hisobotlari tinglandi.

Hududda jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilgan ishlar har bir shahar-tuman va mahalla kesimida tahlil qilindi. Xizmatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim xodimlar qattiq ogohlantirilgan bo‘lsa, ayrimlarining faoliyati eʼtirof etildi.

Yig‘ilish so‘ngida masʼul rahbarlarga kun tartibidagi masala – viloyat hududida jinoyatchilikni jilovlash, kelish chiqish sabablarini o‘rganib, oldini olish yuzasidan aniq muddatlari belgilanib, tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech