Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga qabul
O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘qishga
hujjat topshirish istagida bo‘lgan, Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatda turib,
yashab kelayotgan, yoshi o‘n yettidan kichik (qabul yilida o‘n yetti yoshga
to‘ladiganlar) va yigirma beshdan katta bo‘lmagan umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va
professional ma’lumotga ega fuqarolar 2025-yilning 15-noyabr kunidan 2026-yilning 15-fevral
kuniga qadar Toshkent viloyati IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va
kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga murojaat etishlari mumkin.
Bunda, erkak nomzodning bo‘yi 165
santimetrdan, ayol nomzodning bo‘yi 160 santimetrdan past bo‘lmasligi
talab etiladi.
Akademiyada o‘qish muddati uch yil bo‘lib, ichki ishlar organlarining
quyidagi mutaxassislarni tayyorlab
beradi:
-Huquqbuzarliklar profilaktikasi
faoliyati;
-Tezkor-qidiruv faoliyati;
-Ekspert-kriminalistika faoliyati;
-Probatsiya faoliyati;
- Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash faoliyati;
- Tashkiliy-shtab yo‘nalishlari bo‘yicha;
- Jazoni ijro etish faoliyati.
- Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish
faoliyati.
O‘qishni tamomlagan
kursantlarga yurist malakasi va leytenant maxsus unvonlari berilib ish bilan
ta’minlanadi. Akademiyaga o‘qishga qabul qilish tanlov, teng huquqlilik va
qabul qilishning yagona qoidalari asosida amalga oshirilib, u o‘z ichiga
dastlabki tanlov, maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbatni
oladi. Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan nomzodlar keyingi bosqichga
qo‘yilmaydi.
Dastlabki tanlov o‘z ichiga
hujjatlarni to‘plash, o‘rganish va
tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlarini olib, ichki ishlar
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus kasbiy tanlov
o‘z ichiga hujjatlarni o‘rganish, tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazish, yozma ish,
umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va
chet tillarini o‘zlashtirganlik darajasini baholash jarayonlarini olib, Akademiyada qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi yakuniy
suhbat o‘z ichiga
Huquqshunoslik, O‘zbekiston tarixi
va Tarbiya
fanlaridan nomzodlarning bilimini baholash jarayonlarini olib, akademiyada qabul
komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
To‘liq ma’lumotlar uchun
IIV Akademiyasi kunduzgi boʻlimiga oʻqishga qabul qilish
boʻyicha Telegram'dagi guruhga
a’zo bo’ling https://t.me/TV_AKADEMIYA
Manzil: Toshkent viloyati IIBB
Jismoniy va Jangovar tayyorgarlik bo’limi binosi. Toshkent
viloyati, Nurafshon shahri, Qumariq MFY, Sada ko‘chasi.
Mo’ljal: Toshkent viloyati IIBB Yo’l harakati xavfsizligi binosi.
Joylashuv: https://maps.app.goo.gl/sXLZPV1ecuceEA9P7