1 Fevral 2025 yil 710

Xalq bilan muloqot eng maqbul yechim — “Qishloqda bir kun” loyihasi

Qishloqda bir kunloyihasi doirasida Parkent tumaniningYangi Sanganakmahallasida tashkil etilgan ushbu tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida sektor rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov fuqarolarning ichki ishlar organlariga oid murojaatlarini shaxsan qabul qilib, ularga yechim topish boʻyicha tegishli choralar koʻrildi. Xususan, ichki ishlar organlariga xizmatga kirish, tergov jarayonlari va boshqa masalalar boʻyicha kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal qilindi.

Shuningdek, tadbirda viloyat prokuraturasi, FVB, Milliy gvardiya va MIB rahbarlari ham ishtirok etib, oʻz yoʻnalishlari boʻyicha fuqarolar muammolarini tinglab, ularning yechimi boʻyicha amaliy yordam koʻrsatdilar.

Tadbir davomida viloyat 3-sektor rahbari, IIBB boshlig'i general-mayor Tohir Aripov hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar xonadonida bo'lib, ularning hayotiy sharoitlarini yaxshilash uchun zarur yordamlar koʻrsatilishini taʼkidladi hamda masʼullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech