30 Iyun 2023 yil 25041

Safdorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilish bo‘yicha e'lon

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Patrul-post xizmati tizimlaridagi bo‘sh bo‘lgan “safdorlik” lavozimlariga fuqarolar qabul qilinishi bo‘yicha tanlov o‘tkazilishini maʼlum qilamiz.

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabr kunidagi PQ-3413-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi”gi nizomi hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 5 mart kunidagi 52-sonli “Ichki ishlar organlarida xizmatga nomzodlarni tanlab olish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan tashkil etiladi.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lishi;

- Doimiy yashash manzili bo‘yicha Toshkent viloyatida ro‘yxatda turishi;

- Muddatli va safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi;

- Yoshi 18 dan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmagan bo’lishi (30 yoshdagilar ham);

- Idoraviy IIV akademik litseylari, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo’yicha yordamchilari, shuningdek, oliy ma’lumotga ega yoki oliy ta’lim muassasalarida sirtqi ta’lim shakli bo’yicha tahsil olayotgan bo’lishi; (O‘zbekiston Respublikasi hududida)

- Erkak (o‘g‘il bola) bo’lishi;

- Bo’yi 170 sm va undan yuqori bo’lishi;

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni asli va nusxalari bilan kelishlari so‘raladi:

- Biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;

- Harbiy guvohnoma;

- Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan belgilangan namunadagi 086 shaklidagi sog‘lig‘ining holati haqidagi maʼlumotnoma (bo’y parametrlari ko’rsatilgan holda);

-Oliy ta’lim muassasasini yakunlaganligini tasdiqlovchi hujjat (diplomi va uning ilovasi) yoki sirtqi ta’lim shaklida ta’lim olayotganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma;

Ichki ishlar organlariga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar joriy yilning 10-14-iyul kunlari soat 09:00 dan 18:00 ga qadar ro’yxatdan o’tish uchun murojaat etishlari so‘raladi.

Eslatma: belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat qilgan fuqarolar nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmaydi.

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Toshkent yo’li ko’chasi, Sada bekati-1 uy

Murojaat uchun telefon: +99870 762 41 97

Toshkent viloyati IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech