17 May 2023 yil 13157

Chirchiq shahar IIB tomonidan Zakovat hamda Kitobxonlik tadbiri tashkil etildi

Maʼnaviyat oyligi doirasida Chirchiq shahar IIB tomonidan Zakovat hamda Kitobxonlik tadbiri tashkil etildi

Ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar oʻrtasida maʼnaviyat-maʼrifatni targʻib qilish, kitobxonlik madaniyati oshirish hamda intelektual salohiyatni yanada mustahkamlash borasida Chirchiq shahar IIB tomonidan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Chirchiq shahar boʻlinmasi bilan hamkorlikda "Maʼnaviyat oyligi" doirasida "Zakovat" intellektual o‘yini  hamda "Kitobxonlik" tadbiri tashkil etildi.

Tadbir koʻtarinki ruhda oʻtkazilib, jarayonlar hakamlar hay'ati tomindan kuzatib borildi.

Intellektual o'yin so'ngida faol ishtirokchilar tashkilotchilarning diplom, qimmatbaho sovgʻalari hamda kitoblar toʻplami bilan taqdirlandi.

Text to speech