Bo‘sh bo‘lgan safdorlar tarkibi lavozimlari uchun tanlov e’lon qilinadi
Tanlov
tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabr kunidagi
PQ-3413 son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023 yil 2 noyabr kunidagi
601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va
jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga
qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlariga ega nomzodlar
qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan
nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- Doimiy yashash joyi bo‘yicha Toshkent viloyatida
ro‘yxatda turgan;
- Harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik
chaqiruvi rezervida);
- Yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta
bo‘lmagan;
- Bo‘yi 165 (bir yuz oltmish besh) sm dan past bo‘lmagan;
- Oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan oliy
ma’lumotga ega bo‘lganlar shuningdek IIV Akademik litseylari va harbiy akademik
litseylar bitiruvchilari, Profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash
bo‘yicha yordamchilari.
Arizalar https://kb.iiv.uz sayti
orqali faqat onlayn tarzda joriy yilning 21-31-yanvar kunlari qabul qilinadi. Belgilangan kunlardan oldin yoki keyin murojaat qilgan
nomzodlar ro‘yxatga olinmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 70 762 21 46
telefon raqami orqali olishingiz mumkin.