Qashqadaryoda oʻta ogʻir turdagi jinoyatni sodir etib, qidiruvda boʻlgan shaxs qoʻlga olindi
Toshkent viloyatida oʻtkazilayotgan “Xavfsiz tun”, “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va jinoyatlarni fosh etish boʻyicha kompleks chora tadbirlar belgilab olingan.
Jumladan, kecha 23-noyabr kuni Oʻrta Chirchiq tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyat qidiruv boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan bir yildan buyon qidiruvda boʻlgan shaxs qoʻlga olindi.
1993-yilda tugʻilgan Sh.Sh. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismi va 25, 97-moddasi 2-qismi “v,d,j,n,o,p” bandlarida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. U 2020-yilning sentyabr oyidan Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan qidiruvda boʻlgan.
Ushlangan vaqtida fuqaro Sh.Sh. qochishga uringan va ichki ishlar organlari xodimlariga boʻysunmay, faol qarshilik koʻrsatgan.
Hozirda qilmishga yarasha jazoning muqarrarligi va qonun ustuvorligi taʼminlanib, unga nisbatan yuritilgan qidiruv ishi tugatildi.
IIBB Axborot xizmati