Aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining navbatdagi shaxsiy qabuli oʻtkazildi
Toshkent viloyati IIBB binosida aholi muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan ochiq muloqot shaklidagi shaxsi qabul bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari IIBB boshlig‘i, general-mayor Tohir Aripov tomonidan ko‘rib chiqildi.
Fuqarolar ichki ishlar organlari faoliyatiga oid masalalar, jumladan, xizmatga tiklanish, o‘qishga kirish, tergov-surishtiruv, jinoyat-qidiruv, fuqarolikni rasmiylashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda ijtimoiy yo‘nalishlardagi muammolar yuzasidan murojaat qilishdi. Ularning har biri tinglanib, tegishli choralar ko‘rildi.
Murojaatlarning aksariyati qabul jarayoni va muhokamalar davomida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa qonuniy tartibda ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Eslatib o‘tamiz, viloyatning barcha shahar va tumanlarida ham hududiy IIB rahbarlarining shaxsiy qabullari tashkil etilgan.