11 Iyun 2025 yil 1790

Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qilinadi

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi tarkibida axborot texnologiyalari yo‘nalishida bo‘sh bo‘lgan lavozimlar uchun tanlov e’lon qilinadi.

Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-sonli Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 2-noyabrdagi 601-sonli buyrug‘i asosida tashkil etiladi.

Xizmatga sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xizmat vazifalarini bajarishga layoqatli, shuningdek, zarur shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega bo‘lgan nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan fuqarolarga qo‘yiladigan talablar:

- Oliy ma'lumotli, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;

  • - Doimiy yashash joyi bo‘yicha Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan;
  • - Harbiy xizmatni o‘tagan;
  • - Yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;
  • - Bo‘yi 165 sm dan kam bo‘lmagan;

Oliy ta'lim yo‘nalishiga qo‘yiladigan alohida talablar:

-  Kompyuter texnologiyalari va informatika sohasi;
-  
Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi;

Eslatma: Pochta aloqasi texnologiyasi, axborotlashtirish va kutubxonashunoslik yo‘nalishlari ushbu tanlov doirasiga kirmaydi.

Nomzodlardan quyidagi hujjatlarning asl nusxalari bilan kelishlari so‘raladi:

  • - Biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (doimiy yashash manzili bilan);
  • - Harbiy guvohnoma;
  • - Oliy talim muassasasini tugatganligini tasdiqlovchi diplom va uning ilovasi (chet elda olingan diplom uchun nostrifikatsiya hujjati talab etiladi);

Tanlov kuni va vaqti:

Nomzodlar 2025-yil 21-iyun (shanba) kuni soat 10:00 ga quyidagi manzilga yetib kelishlari so‘raldi. 

Eslatma: Belgilangan sana va vaqtdan tashqari murojaat qilgan nomzodlarning hujjatlari ko‘rib chiqilmaydi.

Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Yangiobod ko‘chasi, Toshkent viloyati IIBB ma’muriy binosi (joylashuvi).

Mo‘ljal: Nurafshon shahridagi Prezident maktabi. 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 71 762 20 00; +998 99 100 52 56


Toshkent viloyati IIBB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati

Text to speech