29 Iyul 2023 yil 15615

344 nafar qidiruvdagi shaxs ushlanib, 23 nafar bedarak yo‘qolgan topildi

Joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida Toshkent viloyati IIBB Tezkor qidiruv xizmati va uning quyi tizimi hamda sohaviy xizmat xodimlari tomonidan, jinoyat sodir etgani va boshqa holatlar yuzasidan 344 nafar qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlanib, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligi taʼminlandi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining JK 97 moddasi 2 qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, 2002 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 1975 y.t. X.Sh. (Angren shahrida yashagan) Qozog‘iston Respublikasi huquq tartibot organlari xodimlari bilan hamkorligida ushlanib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan.

Shu kabi, O‘zbekiston Respublikasining JK 97 moddasi 2 qismi va 164 moddasi 4 qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, 2015 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 1983 y.t. R.P. (O‘rta Chirchiq tumani IIB tomonidan qidiruvga berilgan) Rossiya federatsiyasi huquq tartibot organlari xodimlari bilan hamkorligida ushlanib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining JK 168 moddasi 3 qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, 2021 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan 1994 y.t. S.N. (Oqqo‘rg‘on tumanida yashagan) Rossiya federatsiyasi huquq tartibot organlari xodimlari bilan hamkorligida ushlanib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Tahlillarga ko‘ra, qidiruvdagi shaxslarning asosiy qismi firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxslar hisoblanadi.

Bundan tashqari, o‘tgan 6 oyda turli sabablarga ko‘ra bedarak yo‘qolgan 23 nafar shaxs viloyat IIO xodimlari tomonidan aniqlanib, yashash manzillariga qaytarilishi taʼminlangan.

IIBB Axborot xizmati

Text to speech