“14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan 600 nafar xodim mukofotlandi
Toshkent viloyati IIBBda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi munosabati tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda viloyati IIBB boshligʻi, general-mayor Tohir Aripov rahbarligida shaxsiy tarkib, soha faxriylari va mehmonlar ishtirok etdi. Tadbir davomida Bosh boshqarma boshligʻi nutq soʻzlab, Vatan himoyasi, yurt osoyishtaligi, aholi tinchligi va xavfsizligini taʼminlash hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ichki ishlar organlari xodimlarining beqiyos hissasi haqida taʼkidladi. Shuningdek, u yigʻilganlarni Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Tadbirning asosiy qismida Ichki ishlar vazirligi tomonidan mukofotlangan 15 nafar xodimga koʻkrak nishoni, faxriy yorliq va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, viloyat IIBB boshligʻining buyrugʻiga muvofiq, 400 nafardan ortiq xodimga pul mukofotlari berilgani, 69 nafar xodimning intizomiy jazolari muddatidan oldin olingani eʼlon qilindi.