1 March 2024 year 373

Oʻzbekiston qonunchiligida 1-martdan boshlab bir qator oʻzgarishlar joriy etiladi.

Poytaxtda tigʻiz vaqtlarda yuk mashinalari harakati taqiqlanadi!

Toshkent shahrida yuk tashish uchun moʻljallangan, N2, N3 va O4 toifalariga kiruvchi, ruxsat etilgan maksimal ogʻirligi 10 tonnadan ortiq boʻlgan yuk tashish uchun moʻljallangan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Chang boʻroni va havo ifloslanishi haqida jamoatchilikni ogohlantirish amaliyoti joriy etilmoqda!

Oʻzbekiston hududlarida chang boʻroni sodir boʻlganligi haqida aholini xabardor qilish amaliyoti joriy etilmoqda. Atmosfera havosidagi mayda dispers zarrachalar miqdori belgilangan meʼyordan ortiq boʻlishi holatlari aniqlanganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston fuqarolari ham ogohlantiriladi.

ID karta orqali sportchilar malakasini aniqlash tartibi joriy etilmoqda!

Sport boʻyicha Oʻzbekistonning rasmiy musobaqalari, chempionatlari va kuboklarida ishtirok etish uchun sportchilarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma (ID)dan foydalangan holda tegishliligi va malakasini aniqlash tartibi joriy etilmoqda.

Qishloq xoʻjaligi yerlarini ijaraga berish tartibi oʻzgaradi!

Qishloq xoʻjaligi yerlarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn auksionlar joriy etilmoqda. Shuningdek, ilgari ochiq elektron tanlovga qoʻyilgan va gʻolibi aniqlanmagan qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini onlayn elektron auksionlar uchun avtomatik tarzda roʻyxatga olish koʻzda tutilgan.

Ayrim tovarlar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi!

2026-yil 1-martga qadar respublikada ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxatlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan olib kirilayotgan analoglari boʻlgan bir qator tovarlar bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etildi.

Quyosh panellarini import qilish uchun yangi talablar kiritiladi!

Texnik hujjatlarida yoki yorligʻida elementlarning sifat koʻrsatkichlarini belgilaydigan tegishli “A”, “B”, “C” va “D” sinflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan quyosh panellarini import qilish taqiqlanadi.

Ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtiriladi!

Oʻzbekistonda 16 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilinadiYuridik shaxslar litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarimani 15 kun ichida ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, jarima summasining 50 foizi miqdorida, 30 kun ichida toʻlangan taqdirda esa — 30 foiz miqdorida.

Shaharsozlik sohasida litsenziyalash talablari oʻzgartiriladi!

Sanoat alpinizm usullaridan foydalangan holda baland togʻlarda taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish uchun litsenziyalarni respublika hududida doimiy muassasasi boʻlgan norezident yuridik shaxslar ham olishlari mumkin.

Ijtimoiy ishchi yordamchilarining ish tartibi joriy etilmoqda!

Yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga haftaning barcha kunlarida soatbay xizmat koʻrsatish maqsadida ijtimoiy ishchi yordamchilarining moslashuvchan ish tartibi joriy etilmoqda. Yordamchilar faoliyati har oyda bir marta yolgʻiz keksalar tomonidan shaxsan, mahalladagi ijtimoiy soha xodimlari va maxsus dastur asosida baholanadi. Baholash natijalariga koʻra, “Inson” ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazlari ijtimoiy ishchi yordamchilarini ragʻbatlantiradi.

Obodonlashtirish uchun yangi talablar kiritiladi!

Balandligi 12 metrdan ortiq va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq qurilayotgan yangi bino va inshootlar, agar ularga tutash yerlarning kamida 25 foizi hududlarni obodonlashtirish uchun ajratilmagan va ularda obodonlashtirish tadbirlari oʻtkazilmagan boʻlsa, davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinmaydi.

IIBB Axborot xizmati


Text to speech