5 Mart 2020 yil 317

Jinoyatga jazo muqarrar! " Spark" ni olib qochgan shaxslar qo'lga olindi

Joriy yilning 11 noyabr kuni tungi 03:30 larda Toshkent viloyatining Yangiyo'l tumanida 3 nafar noma'lum shaxslar kuch ishlatish yo'li bilan "Spark" rusumli avtoulov haydovchisi 1993 yilda tug'ilgan fuqaro A.Dni oyoq va qo'lini bog'lab, yo'l yoqasida tashlab ketishadi. Uning boshqaruvidagi "Spark" rusumli avtoulovni esa olib qochib ketishgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari jarayonida avtoulov Toshkent tumani "Chuvalachi" mahallasida harakatlanayotganligi aniqlanib Toshkent tumani IIB va YHXB xodimlari tomonidan to'sib ushlash yo'li bilan qo'lga olindi.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech